“Yangi O‘zbekiston” massivi




O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 09 dekabrdagi ““Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32-sonli Farmoniga asosan Xonqa tumani “Yosh kuch” mahallasi xududida yangidan “Yangi O‘zbekiston” massivi tashkil qilingan.
Massivning umumiy yer maydoni 10,0 gektarni tashkil qiladi.
“Yangi O‘zbekiston” massivida jami 46 ta, 5 qavatli uylar, 1228 ta xonadon, 1 ta 340 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta 990 o‘rinli maktab, 1 ta qozonxona, 2 ta oqova suv tozalash inshoati, bolalar maydonchalari, ichki yo‘llar, komunikatsiya tarmoqlari qurib foydalanishga topshirish belgilangan.
Massivda 2022-2023 yillarda xamda joriy yilning shu kuniga qadar 25 ta turar joy 628 ta xonadon qurib foydalanishga topshirilgan.
2024 yil yakuniga qadar yana 4 ta turar joy, 80 ta xonadon qurib foydalanishga topshirish belgilangan.
Bundan tashqari “Yangi O‘zbekiston” massivida 2025-2026 yillarda 17 ta turar joy 500 ta xonadon qurib foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Massivda 1 ta kozonxona, 1 ta oqova suv inshoati, 1.6 km uzunlikdagi beton yo‘llar, 2.0 kmdan ortiq issiqlik tarmog‘i, 2.0 kmdan ortiq oqova suv tarmog‘i, 1.5 kmdan ortiq ichimlik suv tarmog‘i, 2 ta TP, 2.0 kmdan ortiq elektr tarmog‘i yangidan qurilib axoliga xizmat ko‘rsatmoqda.